Joriy yilning 31-may kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i  Dildora Lutfullayevna  Kucharova  bilan Toshkent shahar  markaziy davlat arxivi yosh arxivchilari o‘rtasida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida  yosh arxivchilarning   arxiv sohasini rivojlantirish haqidagi fikrlari tinglandi va ushbu mavzuda suhbatlashildi.  
Shuningdek, bugungi  kunda  hayotimizning ajralmas qismi sifatida ko‘rilayotgan  sport mavzusiga ham to‘xtalib o‘tildi. Yoshlarimiz tomonidan har oyning ma’lum kunida arxivimiz doirasida sport musobaqalarini o‘tkazish  taklifi boshqarma boshlig‘i tomonidan  ijobiy qabul qilinib, uning ijrosini ta’minlash Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi Yoshlar ittifoqi yetakchisi Ikramov Saidodilxon Saidolim o‘g‘liga topshirildi. Suhbat yakunida  kelgusida oldimizda turgan vazifalar  va ularga mas’ulyat bilan yondashish  to‘g‘risida kelishib  olindi.