Boshqarma haqida
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “O‘zarxiv” agentligining buyruqlari va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hududiy boshqarma Toshkent shahrida arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat siyosatini olib boruvchi boshqaruv organi hisoblanadi.
Hududiy boshqarma o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hududiy boshqarma tizimiga quyidagilar kiradi:
hududiy boshqarma apparati;
Toshkent shahar markaziy davlat arxivi va uning filiallari;
Toshkent shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi;
Hududiy boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligiga va shahar hokimligiga tegishliligi bo‘yicha bo‘ysunadi va ularga hisob beradi.
Toshkent shahar markaziy davlat arxivi
Toshkent shahar markaziy davlat arxivi bevosita Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarma deb ataladi) va Toshkent shahar hokimiyatiga (keyingi o‘rinlarda Hokimiyat deb ataladi) bo‘ysunadi hamda hududiy boshqarma tizimiga kiradi.
Toshkent shahar markaziy davlat arxivi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Boshqarma buyruqlari, farmoyishlari, ko‘rsatmalari shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Toshkent shahar markaziy davlat arxivi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tashkilotlar arxiv hujjatlarini tartibga keltirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi “Tashkilotlarga shartnoma asosida arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish guruhi” faoliyat yuritadi.
Arxivning joylashgan manzili (pochta manzili):100132,Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Istirohat ko‘chasi,14-uy.
Toshkent shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi
Toshkent shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi bevosita Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarma) va Toshkent shahar hokimyatiga (keyingi o‘rinlarda hokimiyat) bo‘ysunadi va hududiy boshqarma tizimiga kiradi.
Toshkent shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Senati qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» agentligining buyruqlari va ko‘rsatmalari, tegishli mahalliy hokimiyat organlari qarorlari, Boshqarmasining buyruqlari va ko‘rsatmalariga, hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasiga doir boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi va ular asosida faoliyat olib boradi.
Arxivning joylashgan manzili (pochta manzili): 100207, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tuzel mavzesi, 2-daha, 29-uy.