Arxiv muassasalari quyidagi funksiya va vazifalarni bajaradi
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasining vazifalari va funksiyalari.
Quyidagilar hududiy boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi Arxiv ishi va ish yuritish sohasida Toshkent shahri hududida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish;
Milliy arxiv fondi hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda MAF deb ataladi) jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanishni tashkil etish;
-O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari shakllanadigan tashkilotlarga guvohnomalar berish;
-davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
-arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorni yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
-arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini arxivlar amaliyotiga joriy etish;
-zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirishini tashkil etish;
-arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va davlat arxivlari faoliyatiga joriy etish.
Hududiy boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) arxiv ishi va ish yuritish sohasida Toshkent shahri hududida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish:
-tizimidagi davlat arxivlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda Toshkent shahrida arxiv ishini rivojlantirishga doir dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
-arxiv hujjatlarini arxivlarda, muzeylarda, kutubxonalarda, ilmiy muassasalar va boshqa joylarda jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflar beradi;
-saqlash muddati ko‘rsatilgan namunaviy boshqaruv hujjatlarining ro‘yxati loyihasiga takliflar beradi;
-arxiv hujjatlarini MAF tarkibiga kiritadi va uning tarkibidan chiqaradi;
-xalqaro tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi kongresslarida, s’ezdlarida, konferensiyalarida “O‘zarxiv” agentligi vakili sifatida ishtirok etadi;
-arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xalqaro, hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalariga takliflar beradi;
-hududda arxiv ishi va ish yuritish holatini tahlil qiladi, qonuniylik va tendensiyalarini o‘rganadi hamda ularni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilaydi;
-arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish va huquqiy munosabatlar masalalari bo‘yicha hududiy ommaviy axborot vositalari orqali axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
-hududda arxiv ishi va ish yuritish sohasida nazoratni amalga oshiradi hamda aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishga va ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan shart-sharoitlarning oldini olish bo‘yicha taqdimnomalarni tegishli tashkilotlarga kiritadi;
-hududda arxiv ishi va ish yuritish sohasida nazoratni amalga oshiradi hamda aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishga va ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan shart-sharoitlarning oldini olish bo‘yicha tegishli bayonnomalar tuzadi va sudlarga kiritadi;
-MAFga tegishli alohida qimmatli hujjatlarning sug‘urta fondi markazlashtirilgan holda saqlanishini tashkil etadi;
-hujjatlar shakllanishi jarayoni va hujjatlar aylanishi hajmi monitoringini olib boradi;
-davlat arxivlarida arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini tashkil etadi;
-hududda arxiv ishi sohasida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzadi;
b) Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanishni tashkil etish sohasida:
-hududda MAF hujjatlari davlat ro‘yxatiga olinishini tashkil qiladi va Davlat katalogiga ma’lumotlar kiritadi;
-MAF hujjatlarini doimiy saqlaydigan davlat arxivlariga ro‘yxatga olish guvohnomalarini beradi;
-hududdagi arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim bo‘lgan tashkilotlarning ro‘yxatini tasdiqlaydi;
-hujjatlarni mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv fondlari tarkibiga kiritish, davlat arxivlarida to‘plash, shuningdek, hujjatlarni davlat arxivlariga berish va aksincha ulardan olish masalalarini hal qiladi;
-hududda davlat mulkida bo‘lgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini, shuningdek, MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini vaqtincha olib chiqishga ruxsatnomalar beradi;
-MAFning davlatga tegishli bo‘lmagan qismi hujjatlarini, shuningdek, fuqarolarda saqlanayotgan qadimiy hujjatlar, kitoblar, qo‘lyozmalar va boshqa materiallarni sotib olish yuzasidan davlatning imtiyozli huquqini amalga oshiradi, bu borada tizimdagi davlat arxivlariga ko‘maklashadi;
-hududiy boshqarma va uning tizimidagi davlat arxivlari faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib boradi;
-axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot hurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida hududiy boshqarma va arxivlar faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;
-rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarini, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarini rivojlantiradi;
-faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yangilab boradi;
-“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmatining so‘roviga binoan axborot va zarur hujjatlarni taqdim etadi;
v) davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash sohasida:
-tizimidagi davlat arxivlari faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi, ularning tuzilmasini takomillashtirish va tarmoqni rivojlantirish ishlarini tashkil etadi va olib boradi;
-hududda arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, rejalar, yo‘l xaritalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, yig‘ma yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;
-hududdagi idoraviy arxivlar tarmog‘ini rivojlantirish va ishini tashkil etish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi;
-hududiy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritishning holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
-arxiv ishi va ish yuritish sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirishda yagona yondashuvni ta’minlaydi;
-idoraviy arxivlarning arxiv xizmatlari ishiga, tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarning tashkil etilishiga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi hamda nazoratini amalga oshiradi;
-arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish ishlari tashkil etilishi, hujjatlar saqlanishi, ko‘rsatilgan arxivlarga berilishi va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
-davlat arxivlari faoliyatini, ularni jamlash manbalari bilan ishlash holatini va arxivlar, idoraviy arxivlar hamda tashkilotlarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish ishlarini tahlil qiladi hamda baholaydi;
-arxiv ishi va ish yuritish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini, shuningdek, xorijdan kelgan so‘rovlar ijrosini tashkil etadi;
-idoraviy saqlov muddati tugagan arxiv hujjatlarining yo‘q qilinishidan avval elektron nusxalari talab qilib olinishi va saqlanishini nazorat qiladi;
g) arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish sohasida:
-hududda nodavlat arxivlari tarmog‘ini kengaytiradi, bu borada davlat-xususiy sheriklik tizimining o‘zaro manfaatli hamkorligini rivojlantiradi, ularning faoliyati ustidan metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
-nodavlat arxivlari egalariga ularning hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanishda ko‘maklashadi;
-xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan nodavlat arxivlarni metodik ta’minlaydi;
-nodavlat arxivlariga davlat arxivlarining asosiy jamlash manbaiga kirmagan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatida shakllanadigan hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish, hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish va tartibga keltirish huquqini berish yuzasidan xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazadi va Kasbiy kompetentlik to‘g‘risida guvohnoma beradi;
d) arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini shahar arxivlari amaliyotiga joriy etish sohasida:
-arxivshunoslik, arxeografiya, hujjatshunoslik bo‘yicha ilmiy-metodik ishlarni tashkil etadi va ularni muvofiqlashtiradi hamda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnika yutuqlarini davlat arxivlari amaliyotiga tatbiq etadi;
-arxiv ishi va ish yuritish sohasida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ularning mahalliy darajadagi faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratish yo‘li bilan muvofiqlashtirib boradi, foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
-arxiv hujjatlaridan foydalanish samaradorligi hamda arxiv axborotiga bo‘lgan davlat va jamiyat ehtiyojlarini o‘rganish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
-MAF hamda shaxsiy tarkib hujjatlari tarkibi va mazmuniga oid axborotlar qidiruvini ta’minlash uchun ma’lumotlar bazalarini, shuningdek, an’anaviy tarzdagi arxiv ma’lumotlarini (fondlar bo‘yicha yo‘lko‘rsatkichlar, arxiv hujjatlari to‘plamlari) yaratishni tashkil qiladi;
-arxiv ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va qo‘llashni amalga oshiradi;
-davlat arxivlarida axborot resurslarini, shu jumladan, elektron MAF va boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish ishlarini tashkil etadi;
-hujjatlarning, shu jumladan, davlat axborot resurslarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasini hamda ularni doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga, jumladan, elektron arxivlarga tanlab olishni tashkil qiladi;
-davlat arxivlarida MAFga doir axborot resurslari va elektron hujjatlarning axborot xavfsizligini ta’minlashni tashkil qiladi;
ye) zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
-arxivlar, idoraviy arxivlar va tashkilotlar xodimlarining arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malakasini oshirishni tashkil etadi;
-arxiv ishi va ish yuritish sohasida mutaxassislarni sifatli tayyorlash borasida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko‘maklashadi.
j) arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va davlat arxivlari faoliyatiga joriy etish sohasida:
-arxiv ishi va ish yuritish sohasida xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanilishini tashkil qiladi;
-O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o‘z vakolati doirasida ta’minlaydi;
-milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan, Toshkent shahri tarixi va madaniyatiga oid arxiv hujjatlarini aniqlashni, ularning ma’lumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borishni, shuningdek, mazkur hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini, foto va video tasvirlarini olib kelish ishlarida ko‘maklashadi;
-faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha turli anjumanlar, konferensiya va ko‘rgazmalar tashkil etadi;
-xorijiy davlatlarda saqlanayotgan Toshkent shahri tarixiga oid arxiv hujjatlarini aniqlash, ularni yoki ularning nusxalarini sotib olishni tashkil etadi;
-hududdagi hamda xorijdagi mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid arxiv hujjatlarini ommaviy axborot vositalarida, jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritishni, ular haqidagi bibliografik ma’lumotlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini nashr etib borishni tashkil etadi.
Hududiy boshqarma qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Toshkent shahar markaziy davlat arxivining asosiy vazifalari va funksiyalari.
Quyidagilar davlat arxivining asosiy vazifalari hisoblanadi:
-Toshkent shahri hududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
-O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, ularning saqlanishini, davlat hisobi yuritilishini ta’minlash va ulardan foydalanish;
-arxivshunoslik va arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy va metodik ishlarni, ilmiy tadqiqotlar natijalarini hamda ilmiy-texnika yutuqlarini arxiv ishi va ish yuritish sohasiga qo‘llash;
-O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga tegishli bo‘lgan axborot resurslarini saqlashni ta’minlaydigan elektron arxivlarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish;
-arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlar ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish hamda ommalashtirish.
Davlat arxivi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Arxiv hujjatlarini jamlash bo‘yicha:
-davlat arxivini hujjatlar bilan jamlash maqsadida tashkilotlar va ularning idoraviy arxivlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
-arxivni hujjatlar bilan jamlash manbalarining asosiy, qo‘shimcha va ehtimoliy ro‘yxatlarini shakllantirish;
-idoraviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar tarkibi, hisobi, miqdori va holatini hamda idoraviy arxivlar ish faoliyatini monitoring qilib borish;
-har yilning boshida arxiv hujjatlarini davlat arxiviga topshirishi lozim bo‘lgan tashkilotlarning ro‘yxatini tuzish hamda hujjat topshirish rejasini ishlab chiqish;
-tashkilotlardan arxiv hujjatlarini tartibga keltirilgan holda elektron nusxalari bilan birga doimiy saqlash uchun davlat saqloviga qabul qilish;
-tashkilotlarga hujjatlarini davlat arxiviga topshirish uchun tayyorlashga shartnoma asosida ko‘maklashish, hujjatlarni tartibga keltirish;
-idoraviy arxivlarga arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish. Ularni tegishli me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash.
Arxiv hujjatlari saqlovini ta’minlash va hisobini yuritish bo‘yicha:
-arxiv saqlovidagi hujjatlarni belgilangan tartib asosida xavfsiz saqlovini tashkil qilish;
-hujjatlar saqlovini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, hujjatxonalarni zamonaviy talablar asosida harorat-namlik, yorug‘lik, sanitariya-gigiena, qo‘riqlash va yong‘inga qarshi uskunalar bilan jihozlash;
-arxiv saqlovidagi hujjatlarning hisobini olib borish, ularning saqlanish holatini monitoring qilish, belgilangan muddatlar va zarur hollarda hujjatlarning mavjudligi hamda holatini tekshirish;
-doimiy saqlovdagi hujjatlarning sug‘urta fondi va elektron foydalanish nusxalarini yaratish;
-arxiv fondlari ro‘yxati, alohida qimmatli hujjatlar ro‘yxati, yig‘majildlar va hujjatlar ro‘yxatlari, hujjatlarning sug‘urta fondi ro‘yxati hamda boshqa hisob hujjatlarini shakllantirish va yuritish;
-saqlovdagi hujjatlarni fondlashtirish va qayta fondlashtirish, hujjatlarga ilmiy- ma’lumotnoma apparatini yaratish;
Arxiv hujjatlaridan foydalanishni tashkil qilish bo‘yicha:
-arxiv saqlovidagi hujjatlardan maqsadli va oqilona foydalanish ishlarini tashkil qilish;
-davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, idoralar, tashkilotlar, korxonalar va muassasalar hamda fuqarolarni ularning so‘rovlariga asosan mavzuli va ijtimoiy--huquqiy toifadagi ma’lumot bilan ta’minlash;
-davlat arxivi ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
-davlat arxivi faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish;
-axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot hurujlari yuzasidan Agentlik Axborot xizmati hamda hududiy boshqarmaga xabar berish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida Agentlik faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
-ommaviy axborot vositalari hamda internet tarmoqlarida arxiv hujjatlari asosida maqolalar chop etish, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil qilish;
-jamoat joylarida, tashkilotlar, ta’lim muassasalarida arxiv materiallari asosida ko‘rgazmalar tashkil qilish, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
-arxiv o‘quvxonasida foydalanuvchi va tadqiqotchilarni arxiv saqlovidagi fondlarning tarkibi hamda mazmuni bilan tanishtirish;
-ularga buyurtma asosida zarur arxiv materiallarini taqdim qilish;
-arxiv hujjatlarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining tarkibi va mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotnoma - axborot adabiyotlarini nashr etish, retrospektiv axborotlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni va hujjatlardan foydalanish samaradorligini o‘rganish;
-jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar nomenklaturasi asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid xizmatlar ko‘rsatish;
-arxiv ishini rivojlantirish bo‘yicha hududiy boshqarmaga choraklik va yillik hisobotlarni taqdim qilib borish;
-hududiy boshqarmaga O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi Davlat katalogi uchun ma’lumot taqdim etish;
-arxiv ta’minotiga oid talab va takliflarni Davlat budjeti loyihasi uchun hududiy boshqarmaga o‘rnatilgan tartibda kiritish;
-idoraviy arxivlar, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish xizmatlari xodimlarini qayta tayyorlash hamda ularni malakasini oshirish yuzasidan seminar-treninglarni tashkil etish;
-O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining axborot resurslari va elektron hujjatlari himoya qilinishini ta’minlash;
-jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlari, takliflari, arizalari va shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish.
Davlat arxivi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Toshkent shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivining asosiy vazifalari va funksiyalari.
Quyidagilar Arxivning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismining shaxsiy tarkib va vaqtincha saqlovdagi arxiv hujjatlarini (Boshqarma va hududiy davlat arxivi bilan kelishgan holda), Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismining, shuningdek tugatilgan nodavlat tashkilotlari arxiv hujjatlari va boshqa hujjatlarni jamlash, ularning saqlanishi, hisobga olinishini ta’minlash hamda ulardan keng foydalanish;
-davlat arxivlariga tashkilotlarda ish yuritishni yo‘lga qo‘yish va holatini yaxshilash, hamda hujjatlarni o‘z vaqtida davlat saqloviga qabul qilish bo‘yicha amaliy hamkorlik ko‘rsatish;
-arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari holatini va saqlanishini yaxshilash bo‘yicha choralar va zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
-arxiv ishi sohasida davlat-hususiy sheriklik asosida arxiv xizmatlarini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish;
-Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismi arxborot resurslarini saqlashni ta’minlaydigan elektron arxivlarni tashkil etishni va faoliyat ko‘rsatishini tashkillashtirish;
-arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va chet el ilg‘or ish tajribasini o‘rganish, taklif kiritish va ommalashtirish.
Arxiv o‘zining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib qo‘yidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
-Boshqarmasi bilan kelishilgan holda arxivning jamlash manbalari ro‘yxatini yuritadi;
-Jamlash manbai tashkilotlarining arxiv xujjatlari shakllanishi va saqlanishi holati ustidan nazorat yuritadi;
-Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilgan hujjatlarni jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishi bo‘yicha belgilangan tartibga rioya etadi;
-Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini ilmiy-texnik ishlov berilgan doimiy saqlovga oid yig‘majildlar ro‘yxatlarini tasdiqlash uchun, shaxsiy tarkib bo‘yicha yig‘majildlar ro‘yxatlarini kelishish uchun Boshqarma huzuridagi Ekspert tekshiruv komissiyasiga (ETK) taqdim etadi;
-Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi boshqaruv hujjatlari, alohida qimmatli va noyob hujjatlarini saqlash uchun o‘rnatilgan tartibda tegishli davlat arxivlariga topshiradi;
-jamlash manbaiga kiritilgan tashkilotlarning yig‘majildlar nomenklaturalarini o‘rnatilgan tartibda kelishib berishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
-Boshqarma va tegishli davlat arxivi bilan kelishgan holda davlat arxivlarining jamlash manbalari bo‘lgan tashkilotlarning ham hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirish ishlarini olib borishi mumkin;
-arxivda saqlanayotgan hujjatlarni mavjudligi va jismoniy holatini muntazam ravishda tekshirish ishlarini har 5 yil muddatda olib boradi;
-har chorakda (chorakning oxirgi oyining 25 kuniga) Boshqarmaga arxiv fondlari tarkibi va ulardagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar, fondlar varaqchalarini hisobga olishni belgilangan shaklida yuboradi;
-arxivda saqlanayotgan hujjatlarga ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzadi va uni to‘ldiradi;
-hujjatlarni belgilangan tartibda vaqtincha foydalanish uchun beradi;
-jismoniy va yuridik shaxslarga arxiv tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasiga ko‘ra shatrnoma asosida xizmatlar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid boshqa xizmatlar ko‘rsatadi;
-jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini shuningdek mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi arxiv so‘rovlarini o‘rnatilgan tartibda ijrosini sifatli, o‘z vaqtida ta’minlaydi va arxiv hujjatlari asosida nusxalar, ko‘chirmalar, arxiv ma’lumotnomalari beradi;
-arxiv xujjatlarini jamlash, saqlash va foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
-davlat arxivlari bilan hamkorlikda ish yuritish va arxiv ishi sohasiga doir seminarlar o‘tkazishda, arxivchi xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi;
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.