Yoshlar ishonchni oqlayapti
Sir emaski, davlat va jamiyat taraqqiyoti dunyo tamadunida yuqori o’rinda bo’lishi uchun o’smir-yoshlar bilimi, salohiyatli, ma’nan kamol topib ta’lim-tarbiya olishlari kerak bo’ladi.
Mamlakatimizda yoshlarning ilm olib, kasb o’rganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Davlatimiz rahbari yurtimizning bunyodkorlik salohiyatini yuksaltirishda, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantitishda yoshlarga katta ishonch bildirdi. Shu tariqa, siyosiy va huquqiy tashkilotlar va idoralarda yoshlar faoliyat yuritishiga keng yo’l ochildi. Sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda yoshlarning ishtiroki ta’minlandi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarni chuqur his qilgan holda Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi mutasaddilari xam yoshlarga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bu yerda saqalanayotgan tarixiy hujjjatlar bilan ishlashda, avvalo, xodimdan qimmatbaho manbalarga alohida mehr bilan yondashish talab etiladi. Chunki, xar bir jild to’plami varag’ida davlat mustaqilligiga oid muhim ahamiyatga ega qo’lyozmalar, inson taqdirini belgilovchi yozishmalar joy olgan.
Arxiv hujjatlarini avaylab-asrash, kelajak avlodga butunicha yetkazish bizning burchimizdir. Muassasamizda “Yosh arxivchilar” burchagi tashkil etilgan bo’lib, xodimlarning, ayniqsa, yoshlarning qo’lga kiritgan yutuqlari, ijodiy ishlari ko’rgazma sifatida muntazam yoritib boriladi. Ijtomoiy-siyosiy adabiyot bilimdonlari ham munosib joy olgan. Eng yosh arxivchi Muhammadamin Rahmatillaev “Yosh arxivchi” lavhini mazmunli yoritilishida faol ishtirok etib keladi.
Yana bir yosh kadrimiz Bahrambek Rahimov muassasamizning axbarot kommunakatsiya texnologiyalarini rivojlantirish ishlari bilan shug’ullanadi. U arxiv hujjatlarini raqamlashtirishda olib borgan samarali ishlari hamda “Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan “O’zarxiv” agentligi tamonidan “Faxriy yorliq” bilan taqdirlandi.
Shuningdek, jamoamizda Doston Rustamov, Jadra Ibragimova kabi yoshlar borligi bizning yutug’imizdir. Jadra mazkur yilda mamlakatimizdagi davlat arxivi muassasalari xodimlari o’rtasida o’tkazilgan “Balli qizlar” bellashuvida faxrli 3-o’rinni egallagani esa yoshlarga tajriba va ko’nikma o’rgatishda olib borilayotrgan amaliy ishlarimiz natijasi bo’ldi.
G’ani Jo’raev
Yetakchi mataxassis
“Hurriyat” gazetasi 2020 8-iyul