"Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz"
"Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz" Joriy yilning 30 avgust kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar markaziy davlat arxivi majlislar zalida yurtimizda nishonlanayotgan Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz" shiori ostida “Mustaqillik eng aziz va eng ulug‘ neʼmat" mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda taniqli kinorejissyor Ibrohim Rasulov ishtirok etib, so‘nggi yillarda davlatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida o‘zlarining fikrlari va samimiy tilaklarini bildirdilar. Tadbir yakunida o‘zlarining sohadagi samarali mehnatlari bilan arxiv sohasi rivojiga hissa qo‘shayotgan xodimlarning mehnati eʼtirof etilib, bir qator fidoiy arxiv xodimlari O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi Faxriy yorlig‘i va direktor Tashakkurnomasi hamda Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.