Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlar amalga oshirilmoqda.
"Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–269-son, 21.12.2022 y.) hamda “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–447-son, 21.12.2022 y.)
mazmun-mohiyati va ahamiyati
I. Farmonning maqsadi
Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida mamlakatimizda natijadorlikka yo‘naltirilgan ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yangilangan talablar va tamoyillar asosida tashkil etish.
II. Farmonning mazmun-mohiyati
Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan Vazirlar Mahkamasi a’zosi bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi tizimi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limi tugatildi.
Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi.
Shunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
- Tabiat resurslari vazirligi;
- Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
- Suv xo‘jaligi vazirligi;
- Raqamli texnologiyalar vazirligi;
- Adliya vazirligi;
- Transport vazirligi;
- Madaniyat va turizm vazirligi;
- Mudofaa vazirligi;
- Energetika vazirligi;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi;
- Tashqi ishlar vazirligi;
- Ichki ishlar vazirligi;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ma’muriy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bo‘yicha roliklar
RO‘YXATI
t/r |
Havolasi |
Yo‘nalish |
|
Ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishning mohiyati haqida |
|
|
Vazirliklarning mustaqilligi va mas’uliyati oshirilishi haqida |
|
|
Funksiyalarining ochiq reestrini (keyingi o‘rinlarda – Funksiyalar yagona reestri) shakllantirish va uni doimiy yuritish amaliyoti |
|
|
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisqarishi haqida |
|
|
Qisqarayotgan tashkilotlar, shtatlarning qisqarishi buni qanday tashkil qilinadi |
|
|
Farmon doirasida bo‘shaydigan mablag‘lar ijtimoiy masalalarni hal etishga yo‘naltirilishi, bu nima beradi shu haqda |
|
|
Respublika va mahalliy darajadagi bo‘g‘inlarning funksional chegarasi haqida |
|
|
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining institutsional mustaqilligini oshirish masalasi |
|
|
Vazirlarning siyosiy javobgarligi haqida bu nima va bizga nima beradi |
|
|
Ijro hokimiyati faoliyati ko‘rsatkichini belgilashdan maqsad nima va bundan qanday natija kutiladi? |
|
|
Rahbarlarning aholi takliflari asosida faoliyatini yo‘lga qo‘yish va jamoatchilik oldida hisobdorligini kuchaytirish |
|
|
Ixcham va samarali davlat boshqaruviga oid xorij tajribasi haqida |
|
|
Ma’muriy islohotlar tadrijida davlatlarning roli nechog‘li ahamiyatli bo‘lmoqda? |
|
|
Ma’muriy islohotlar jarayonida "e-qaror" tizimining o‘rni va maqsadlari nimalardan iborat? |
|
|
Hududlar kesimida faoliyat samaradorligini baholashdan ko‘zlangan asosiy maqsad nimada? |
|
|
Onlayn qabul, virtual tashrif usullar qo‘llanilishi ijro hokimiyatiga qanday ta’sir o‘tkazadi. |
|
|
Endilikda Respublika ijro etuvchi va xo‘jalik boshqaruv organlari tizimi qay tarzda bo‘ladi? |
|
|
Adliya vazirligida o‘tkazilgan ma’muriy islohotlar natijalari qanday bo‘ldi? |
|
|
Ma’muriy islohotlar davlat budjetiga qanday tasir ko‘rsatadi? |
|
|
2023-yil davlat budjeti, ma’muriy islohotlarning moliyaviy jihati qanday muvofiqlashtiriladi? |
|
|
Ma’muriy islohotlar qachon boshlangan va mazkur islohotlarning mohiyati nimada? |
|
|
Ma’muriy islohotlar vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyaslar faoliyatiga qanday ta’sir etadi? |
|
|
Normativ-huquqiy hujjatni Hukumatga kiritish ko‘rib chiqish axborot berishning yangi tartibi qanday? |