2023 yil 28 avgust kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Toshkent shahar markaziy davlat arxivining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligini munosib kutib olish maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, shoira Xudoyqulova Farog‘at Musurmonovna, Toshkent shahar Uchtepa tuman 109-son maktabning faol o‘quvchilari hamda Toshkent shahar markaziy davlat arxivi xodimlari ishtirok etidilar.


Shuningdek, bayram tadbiriga 550-son “Alpomish” MTM tarbiyalanuvchilari o‘z musiqiy chiqishlari bilan ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar. 
Tadbir so‘ngida, tadbir ishtirokchilari Tashakurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.