“Uch avlod uchrashuvi” Mamlakatimizda tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini taʼminlash, keksalarni eʼzozlash, ertamiz egalarini barkamol qilib voyaga yetkazishga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda. 2024 yilning 30-aprel kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar markaziy davlat arxivida  9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Jasorat-millat gʻururi va iftixori” shiori ostida  “Uch avlod uchrashuvi” manaviy-marifiy tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Uchtepa tumani Bekobod mahalla fuqarolari yigini faxriylari hamda Uchtepa tumani 109-maktab 9-sinf sinf o`quvchilari, arxivlar xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda Toshkent shahar markaziy davlat arxivi xodimlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi, she’rlar tinglandi va urush yillariga tegishli hujjatlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

Shuningdek, fahriylar va yoshlar  arxiv faoliyati bilan yaqindan tanishtirildilar. Tadbirda ustoz-shogird maktabining ahamiyati, sohada fidoyilik koʻrsatgan xodimlar bilan yoshlar uchrashib, oʻzlari uchun kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

 

Ish jarayonida nimalarga eʼtibor berish kerakligi, ayniqsa ajdodlarga munosib avlod boʻlish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchi ekanligi faxriylar tomonidan qayd etib oʻtildi.