Mazkur oyning 27 sanasida Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasida Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida “Uch avlod nigohida arxiv rivoji” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tkazildi. Tadbirni ochib berish uchun Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Kucharova Dildora Lutpullayevna hamda tadbir mexmoni “O‘zarxiv” agentligi direktori maslahatchisi Tursunbayev Shuxrat Mirayimovich so‘zga chiqdilar. Tadbir davomida arxiv sohasida 21 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Toshkent shahar markaziy davlat arxivi direktori Dadayeva Firuza Shukurovna hamda, arxiv sohasida 25 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Toshkent shahar markaziy davlat arxivi bosh arxivchisi Uchkampirova Marua Andabayevna o‘z mehnat faoliyati davomidagi qiyinchiliklar hamda arxivimiz mustaqillik yillaridan keyin juda katta suratda rivojlanganligini haqida takidlab o‘tdilar. Arxiv sohasida 10 yildan ortiq muddat davomida faoliyat yuritib kelayotgan Toshkent shahar markaziy davlat arxivi bosh metodisti: I.T.Toxtayeva va Toshkent shahar markaziy davlat arxivi bo‘lim boshlig‘i: Z.M. Usmonovalar o‘z faoliyatlari davomida arxiv sohasidagi o‘zgarishlar haqida aytib o‘tdilar. Arxivimiz yoshlari ham davra suhbatidan chetda qolishmadi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi 1- toifali arxivchisi Yusupbayev Umzroqbek Juraquliyevich va Toshkent shahar markaziy davlat arxivi arxivchisi Ermatova Mushtariy tomonidan ham o‘rinli fikirlar bildirib o‘tildi. Tadbir davomida bayramona dasturxon tuzalib, raqslar, qo‘shiqlar, sheʼrlar hamda arxiv yoshlari tomonidan vatanni ulug‘lash, uni sevish va asrash kabi g‘oyalar ilgari surilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir karantin qoidalarida rioya qilingan xolda o‘tkazildi.