Yig'ilish kun tartibida quidagi masalalar ko'rib chiqildi:

I. “Oʻzarxiv” agentligi Hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishi 6-son bayoni qarorlari hamda Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida 2024-yil I-yarim yillik yakunlarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida (D.Kucharova);

II. Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va nazorat qilish, Boshqarma tizimidagi davlat arxivlarida ijro intizomi holati, uni mustahkamlash, bu borada rahbarlar masʼuliyatini kuchaytirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va soʻrovlari ijrosi holati toʻgʻrisida (I.Toxtayeva);

III. Toshkent shahar markaziy davlat arxivi tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish holati toʻgʻrisida (D.Kucharova);

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha berilgan ma’lumotlar va bildirilgan fikr mulohazalar muhokamasi asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.