Ming yillarkim, bulbul kalomi,

O'zgarmaydi, yaxlit hamisha.

Ammo sho'rlik to'tining holi,

O'zgalarga taqlid hamisha.

 

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,

Bulbul kuyin she'rga solaman.

Sen yo'qolgan kuning, shubhasiz,

Men ham to'ti bo'lib qolaman...

 

✍️ Abdulla Oripov