TASHKILOTLARNING ARXIVCHI VA ISH YURITUVCHILARI ARXIV ISHI VA ISH YURITISH BO‘YICHA QONUN VA QONUN OSTI HUJJATLARIDAGI YANGILIKLARDAN BOXABAR BO‘LMOQDALAR
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining axborot ko‘magida joriy yilning 24 fevral kuni Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi majlislar zalida Toshkent shahar miqyosidagi idora va tashkilotlarning arxivchi va ish yurituvchilari ishtirokida, karantin qoidalariga rioya etgan holda, “Arxiv ishi va ish yuritishning dolzarb masalalari” mavzuda amaliy seminar tashkil etildi.
Amaliy seminarda Toshkent shahar hokimligi, “O‘zarxiv” agentligi, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari xodimlari, tashkilotlar va idoralarning arxiv ishi va ish yuritishga mas’ul 70 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etdilar.
Amaliy seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad so‘nggi yillarda arxiv ishi va ish yuritish sohasini takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlarga asos bo‘lgan yangi qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlari va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkilotlar hamda idoralarning arxivchi va ish yurituvchilariga yetkazish bo‘ldi.
Seminar davomida soha qonunchiligidagi barcha yangiliklar bilan birga, muhim normalar to‘g‘risida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Tashkilotlar va idoralar vakillariga sohaga bevosita va bilvosita taalluqli bo‘lgan qonun va qonun osti hujjatlarining davlat va rus tillaridagi elektron bazalari tarqatma materiallar bilan birga taqdim etildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga Toshkent shahar Markaziy davlat arxivining saqlovxonalari, hujjatlarni ta’mirlash laboratoriyasiga ekskursiya uyushtirilib, hujjatlarning saqlanishiga qo‘yiladigan talablar namoyish etildi.
Seminar yakunida tashkilot va idoralarda arxiv ishi va ish yuritish holatini yaxshilash va bunda rahbar hamda xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ilk bora “Eng namunali ish yurituvchi”, “Eng namunali arxivchi”, “Idoraviy arxivga eng ko‘p e’tibor qaratgan rahbar”, “Ish yuritishga eng ko‘p e’tibor qaratgan rahbar” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov g‘oliblari munosib taqdirlandilar.
Taqdirlanganlar:
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshkarmasi boshlig‘i
Umatov Sanjar Xabardjonovich
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sud huzuridagi sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti Toshkent shahar hududiy bo‘limi boshlig‘i
Xaydarov Kamol Oktamovich
Toshkent shahar Sergeli tuman xokimining devonxona mudiri
Nasrullayeva Nodira Anvardjonovna
Toshkent Moliya institutining devonxona mudiri
Yakubjonoava Fotima Madiyorbekovna
Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislar instituti devonxona mudiri
Azizova Nigora Shavkatovna
Aksiyadorlik Tijorat “Xalq banki” Toshkent shahar filiali arxivariusi
Xidoyatova Aziza Abdukayumovna
Toshkent shahar hokimiyati arxivariusi
Astapovich Olga Mixaylovna
Aksiyadorlik Tijorat “Asaka” banki Toshkent shahar filiali arxivariusi
Rizamuxametova Feruza Kameldjanova
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi kelgusida ham mazkur ishlarni faollashtirish va davom ettirishni rejalashtirdi.
"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati