Tarixiy qadamjolariga sayoxat
Toshkent shahar markaziy davlat arhivi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2024 yil uchun tuzilgan chora-tadbirlar dasturining 9-bandi bo`yicha Toshkent shahar markaziy davlat arxivida sohasida samarali mehnat qilayotgan yosh xodimlarni yil davomida yurtimizning tarixiy qadamjolariga sayoxat qilishlari uchun imkoniyat yaratilib kelinmoqda. Joriy yilning aprel oyida bir guruh xodimlarni yurtimizning go`zal qadimiy obidalaridan boy bo`lgan Xorazm viloyatiga yuborildi.
Xorazm o‘zining qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, xushmanzara tabiati, betakror qadriyat va an’analari bilan jahon sayyohlarini o‘ziga rom etib kelmoqda. Satoxatchilar safar davomida Xorazmning tarixiy qadamjolari, ziyoratgoh va obidalari bilan yaqindan tanishdilar.