Sayyor qabuli o‘tkazildi!
Joriy yil 11-sentabr kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.L.Kucharovaning Toshkent shahar markaziy davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabuli o‘tkazildi. Sayyor qabulda 7 nafar jismoniy shaxslar tomonidan pensiyaga chiqish arafasida arxiv maʼlumotnomalarini olish yuzasidan va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari qilinib, o‘rnatilgan tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.