SAYYOR QABUL BO'LIB O'TDI
Joriy yilning 11 mart kuni Toshkent shahar markaziy davlat arxivi binosida (Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Istiroxat ko‘chasi, 14-uy) Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Dildora Kucharovaning 2021 yilning I yarim yilligida Toshkent shahar va tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini sayyor qabul qilish rejasiga muvofiq jismoniy shaxslarning sayyor qabuli o‘tkazildi.
Sayyor qabulga tashrif buyurgan fuqarolarning pensiyaga chiqishga doir ish haqi va ish stajini tasdiqlashga oid hamda mulkka egalik bo‘yicha qarorlardan ko‘chirmalar yuzasidan arxiv maʼlumotnomalarini olish borasidagi murojaatlari qabul qilindi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolarga bugungi kunda arxiv ishi va pensiya taʼminoti qonunchiligidagi yangiliklar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.