O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining 11-AF Farmoyishiga muvofiq joriy yil 22 sentyabrdan - 22 oktyabrga qadar ramziy oylik o‘tkazilmoqda. Bugun Toshkent shahrida 3 ta O‘zbekiston milliy arxivlari, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va shahar markaziy davlat arxivi xodimlari ishtirokida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur tadbirda o‘zbek tilining xalqimiz, jumladan soha ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni taʼminlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

 

Tadbir davomida arxivchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari, jonli ijroda qo‘shiqlar, milliy raqs san’atidan na’munalar mehmonlar e’’tiboriga havola etildi.

 

Tadbirda O‘zbekiston davlat milliy akademik teatrining zabardast aktyori – Xamid Toshpulatov, O‘zbekiston Respublikasi siyosiy sharhlovchisi, antik dunyo akademiyasi akademigi, “Shuhrat medali” sohibi Qobilbek Karimbekov, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Gulnoza Jo‘rayeva, Taniqli kinorejissyor Ibrohim Rasulov mehmon bo‘ldilar.

 

Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i Kucharova Dildora Lutpullayevna o‘zining yakuniy so‘zi bilan tadbirni yakunlab berdi.

Tadbirni to'liq ko'rish uchun: //www.facebook.com/uzarxiv/videos/612163169801522/

 


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati