"Qadring baland bo‘lsin ona tilim" nomli tadbiri bo‘lib o'tdi.
Bugun Toshkent shahar markaziy davlat arxivida "Qadring baland bo‘lsin ona tilim" nomli tadbiri bo‘lib o'tdi. Mazkur tadbirda Toshkent shahar Uchtepa tumani 109 maktabi ona tili va adabiyot o'qituvchisi, bir necha yillar davomida soha rivoji uchun o‘zlarining munosib mehnatlarini qo'shib kelayotgan Xalq ta‘lim a‘lochisi Ermuhammedova Farida Sharafiddinovna va 6 sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida xodimlar tomonidan tilimizni madh etgan she'rlar o‘qildi. Bilimlarini baholash yuzasidan xodimlar o‘rtasida qiziqarli shartlar o'tkazildi, g‘oliblar munosib taqdirlandi.