“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim”
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning 19 avgust kuni Toshkent shahar markaziy davlat arxivida majlislar zalida Boshqarma va uning tizimidagi arxivlar xodimlari ishtirokida Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti xuzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘qitivchisi Abdurasulov Qobiljon ishtirok etib, so‘nggi yillarda davlat tiliga qaratilayotgan alohida eʼtibor asoslari va davlat tilida ish yuritishga doir amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan keng qamrovli va mazmunli maʼlumot berdi.
Uchrashuvda xodimlarning ushbu mavzu yuzasidan ko‘plab savollariga javob berildi.