Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki
2024 yil 16-17 mart kunlari Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi Toshkent shahar davlat arxivlari tomonidan “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etilmoqda.
Arxiv binosining tashqi va ichki hududlari tozalandi, yon-atrofni tartibga keltirildi, atroflariga mevali daraxti ko‘chatlari o‘tkazildi, arxivda mavjud daraxtlar tagi oqlandi, atrof-muhit obodonlashtirildi. Bu esa shahrimiz ko‘rkiga yanada chiroy, havosiga toza nafas ulashganini yaxshi kayfiyat ila aytish mumkin. Bunday hayrli va savob ishlarni har kim har kuni qilsa – albatta go‘zal shahrimiz yanada gullab-yashnayveradi!