Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Yashnobod tuman axborot kutubxona markazida Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan «Bir bolsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz» shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Ozbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi shoir Davron Rajab, Toshkent shahar Yashnobod tuman milliy gvardiyasi xodimlari, Yashnobod tuman Oqila ayollar uyushmasi azolaridan Fazilat Xajimatov hamda Toshkent shahar markaziy davlat arxivi xodimlari ishtirok etdilar.

Shu bilan birga, tadbirda Toshkent shahar markaziy davlat arxivi Mustaqillik davriga oid Toshkent shahar hokimlarining farmoyish va qarorlariga oid arxiv hujjatlari hamda «Kecha va bugun» foto korgazmasi bilan ishtirok etdi.