Mahalla obod yurt obod
Joriy yilning 24 avgust kuni “Mahalla obod yurt obod” shiori ostida Toshkent shahar markaziy davlat arxivida umumxalq xayriya hashari o'tkazildi. Hasharda arxiv xodimlari faol ishtirok etdilar, arxiv binosi va atrofidagi hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borildi, chiqindilardan tozalandi hamda daraxtlar va yo‘l chekkalari oqlandi.