Mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar uchun kutubxonaning ochilishi tadbiri bo’lib o’tdi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan #ziyo_ulash aksiyasi doirasida Toshkent shahar arxiv ishi hudidiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlari tomonidan tuman adliya bo‘limi bilan hamkorlikda Toshkent shahar Сhilonzor tumani “Kichik xirmon tepa” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar uchun kutubxonaning ochilishi tadbiri bo’lib o’tdi.
Ushbu kutubxona ochilishida Toshkent shahar arxiv ishi hudidiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlari, tuman adliya bo‘limi mas’ullari “Kichik xirmon tepa” mahalla fuqarolari yig‘ini raisi, mahalla fahriylari, faollari 101-son maktab o’quvchilari faol ishtirok etdilar.
Mahalla kutubxonasiga yoshlar uchun ikki yuzdan ortiq Prezident asarlari, "O’zarxiv" agentligi nashrlari, o'zbek, jahon, bolalar adabiyoti, huququy nashrlardan iborat kitoblar taqdim etildi.