Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ijrosini taʼminlash yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
2023 yil 28 avgust kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Toshkent shahar markaziy davlat arxivining majlislar zalida Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni ijrosini taʼminlash yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, Shoira Xudoyqulova Farog‘at Musurmonovna, Toshkent shahar Uchtepa tuman 109-son maktab direktori Imomaliyeva Gulchiroy Foziljonovna, psixolog Xayitova Abadan, ona-tili va adabiyot o‘qituvchisi Ermuhammedova Farida Sharafutdinovnalar ishtirok etdilar. Seminar Toshkent shahar markaziy davlat arxivi xodimlariga psixologik mashqlar, turli xil rebuslar orqali savol javoblar korinishida o‘tkazildi.