Korrupsiyaga birgalikda kurashamiz Shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi Unda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi bosh inspektori Mayor Xalilov Alisher Mirzaalimovich va kapitan Kurbanbayev Quvondik Kadirovich ishtirok etishdi.

Korrupsiyaning shakllari turlicha, ammo korrupsiya oqibatlari har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, mamlakat aholisiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Shu sababli bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda korrupsiyaga qarshi huquqiy ongni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, yaʼni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi insonning o‘zida ichki rad etishni shakllantirish kerak.

Bugungi kunda har bir fuqaroda: “poraxo‘r mansabdor shaxs bo‘lish nafaqat xavfli balki sharmandali hamdir, ammo halol yashash foydali va obro‘lidir”degan ichki ishonchni shakllantirish korrupsiyaga qarshi davlat siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi.