kengaytirilgan Direksiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 28-fevral kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida 2023-yil yakunlari va 2024-yilda amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar, to‘g‘risida an’anaviy va masofaviy tarzda kengaytirilgan Direksiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda yakunlangan yil mobaynida arxivlarda arxiv ishi va ish yuritish sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, “O‘zarxiv” agentligi Hay’at yig‘ilishida berib o‘tilgan topshiriqlar hamda 2024-yilda Hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, Boshqarma tizimidagi davlat arxivlarida ijro intizomi holati, uni mustahkamlash, bu borada rahbarlar masʼuliyatini kuchaytirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda soʻrovlar ijrosi holati toʻgʻrisida hamda Toshkent shahar markaziy davlat arxivi tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish holati haqida muhokama etildi.