Toshkent shahar markaziy davlat arxivida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va Toshkent shahrida arxiv ishi va ish yuritish holati bo`yicha davlat arxivlariga tashrif mavzusidagi PRESS-TUR hamda Arxiv hujjatlarini yoritish masalalari mavzusida seminar o‘tkazildi.

 

 

Press-tur davomida Toshkent shahri markaziy davlat arxivi hududida qurilayotgan Аngаr ko`rinishidagi zamonaviy saqlovxonalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

 

Press-tur yakunida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sevara O‘rinboyeva ishtirokida “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini jamoatchilikka hamda ommaviy axborot vositalariga yoritib borish yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.