Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabuli o‘tkazildi.
Joriy yil 24-may kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.L.Kucharovaning Toshkent shahar shaxsiy tarkib hujjatlati davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabuli o‘tkazildi. Sayyor qabulda jismoniy shaxslar tomonidan pensiyaga chiqish arafasida arxiv maʼlumotnomalarini olish yuzasidan va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari qilinib, o‘rnatilgan tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.