“ Doim e’zozdasiz-arxivimiz Faxriylari”
Joriy yilning 27 oktabr kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasida soha faxriylari hamda yoshlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

 Ko‘p yillar  arxiv sohasida o‘zlarining tinimsiz mehnatlari tufayli sohani rivojlantirish yo‘lidagi  mashaqqatli hayot yo‘llarini yoshlar  bilan  o‘rtoqlashish maqsadida faxriy mehmonlarimiz M. Ibragimova hamda R. Ahmadaliyeva, hozirda ham o‘z faoliyatlarini  arxivda davom ettirayotgan fahriy xodimlarimiz                                      O. Jo‘rayeva, M.Uchkampirova, G.Gulmuddinova, O.Kiyko o‘zlarining  hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklari, mehnat pallasidagi mashaqqatlari, xozirgi kunda ularga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdilar.

El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligi to‘g‘risida xodimlar o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlar bosh mavzusiga aylandi va tadbir so‘nggida fahriylar va yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.