Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlari xodimlari ishtirokida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi majlislar zalida 2022 yil 8 avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Repspublikasi 788-son Qonunini mazmun mohiyatini keng o‘rganish maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar hududiy filiali masʼul xodimlari Abdukarimov O‘tkir Xamzayevich va Ro‘ziqulov Rustam Ravshanovich ishtirok etdilar. Seminar-trening davomida arxiv xodimlari Qonun yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.