Buxoro viloyatiga sayoxat
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm saloxiyatini jadal rivojlantirish hamda maxallik va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi”gi PQ-135-son qarori ijrosini ta’minlash hamda “Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan xodimlarni rag`batlantirish maqsadida Boshqarma tizimidagi Toshkent shag`ar markaziy davlat arxivi xodimlarini 2023 yil 2-4 iyunlar kunlari 19 nafar xodimlarning Buxoro viloyatiga sayoxati uyushtirildi.
Buxoro shahri hududida Sayfiddin Boharziy maqbarasi (XII asr), Bayonkulixon makbarasi (XIV asr), Buxoro tumani hududida Chorbakr ansambli (XVI asr), Hazrat bobo masjidi (XVIII asr), Sitorai Mohi-Xosa saroyi (XX – XIX asrlar), Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi (XIII asr), Abdurahmon Vali maqbarasi (XIV asr), Toshmasjid (XVII – XVI asrlar), So‘fidehqon xonaqosi (XVIII – XVII asrlar), Jondor tumani hududida Varahsha shahri xarobalari (VII asr), Mahmud Torobiy dahmasi (XIII asr), Kogon tumani hududida Qasri Orifonda Hazrat Bahouddin majmuasi, Hazrat Mir Kulol maqbarasi (XIV asrPeshko‘ tumani hududida Xo‘jam Bandi Kushod va Xo‘jam Sayd Po‘lat maqbaralari (XIX – XVIII asrlar), Mulla Mir Hakim xonaqosi, Shofirkon tumani hududida Vardonze shahri yodgorligi (XVII – XVI asr), Qorovulbozor tumani hududida Bo‘zachi va G‘ijduvon tumanida Hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy – Xojai Jahon (XII asr) masjidi va maqbarasi, Chorsu masjidi (XIX – XVIII asrlar) kabi noyob me`moriy obidalar va muqaddas qadamjoga ziyorat uchun tashrif buyurdilar.