O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusda aks etgan barcha yo‘nalishlar - madaniyat-san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik, tadbirkorlikni qamrab olgan «Toshkent - Besh tashabbus harakati», Toshkent shahar hokimligi tomonidan 21-25-may kunlari Toshkent shahrida  yirik tadbir tashkil etilib kelinmoqda .Unda Toshkent shahar markaziy davlat arxivi yosh hodimlari “Besh tashabbus harakati”ga befarq emaslilklari va o’zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob olish maqsadida tadbirda munosib ishtirok etib qaytishdi.

 

Tadbir loyihasida futbol, basketbol, stol tennisi, armrestling va “Street Workout” bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi, zamonaviy beshkurash yo‘nalishida “Laser Run” musobaqasi tashkil etilgan

Toshkent shahar markaziy davlat arxivi hodimlari stol tennis musobaqasi bo’yicha munosib ishtirok etdilar.

 

Hamda “Besh tashabbus harakati” tadbiri doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov Toshkent shahri yoshlari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari, shuningdek, yoshlar va davlat hokimiyati organlari oʻrtasida bevosita muloqot oʻrnatish mexanizmlari muhokama qilindi.Yigʻilish ishtirokchilariga yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida yer uchastkalari olish tartibi, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari va yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishining boshqa amaliy jihatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Toshkent shahar markaziy davlat arxivi hodimlari ma'daniy va ma'naviy hordiq va yoshlarga ajratilayotgan alohida e'tibor uchun Toshkent shahar hokimligiga o'z minatdorchiligini bildiradi