Qonun bilan biometrik pasport oʻrniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim Kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi.

ID-kartalarni, xorijga chiqish biometrik pasportini yoʻqotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilandi (135 000 dan 270 000 soʻmgacha jarima).

Agar mazkur huquqbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilsa  1 350 000 soʻmgacha jarima solinadi.

Shuningdek, pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani shaxslardan qonunga xilof ravishda olib qoʻyish yoki garovga olish 2 mln 700 minggacha jarima solishga sabab boʻladi.

 

Oila kodeksida bolalarning tugʻilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi. (Avval bu tartib boʻlmagan)

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilishiga oid norma chiqarib tashlandi.

 

Yer davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda fuqarolarga uning oʻrniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq boʻlsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi.

(Ilgari 5 yilda qaytarilishi lozim edi)

 

Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

 ID-karta berganlik uchun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi (240 300 soʻm), xorijga chiqish uchun biometrik pasportni berganlik uchun esa BHMning 1 baravari (270 000 soʻm) miqdorida undiriladi.

(ilgari BHMning 1,2 baravari edi)

 

 

Asos: OʻRQ–759-son Qonun, 14.03.2022-y.