Arxivda “Ochiq eshiklar kuni”
Toshkent shahar markaziy davlat arhivida joriy yilning 14-15-may kunlari “Ochiq eshiklar kuni” bo`lib o`tdi. Tadbirga M.Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti talabalari tashrif buyurib, arxivdagi mavjud shart-sharoitlar, hujjatlar saqlovxonalari, hujjatlarning saqlanish tartibi, ularni ta`mirlash jarayonlari hamda raqamlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Shuningdek, talabalar arxiv sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan ya`qindan tanishdilar va ushbu tadbir ularda arhiv sohasiga bo`lgan qiziqishlari ortishiga xizmat qildi.