Arxivda - bayram!
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar markaziy davlat arxivi binosida “9-iyun –Xalqaro arxivlar kuni” va O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 14 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalqaro arxivlar kunini nishonlanishi tarixi va bugungi kunda respublikamizda arxiv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati borasida so‘z bordi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Holiqova, taniqli aktyor, rejissyor, prodyuser Ibrohim Rasulov, “O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston Milliy arxivi rahbar xodimlari va arxiv fahriylari, shuningdek “Alpomish” maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari ishtirok etib, arxiv xodimlarini tabrikladilar.