Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan “Oʻzarxiv” agentligi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yigʻilishining 1-son Bayonnomasi ijrosi doirasida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi majlislar zalida “Arxivchilar sulolasi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. 

 

Unda bugungi kunda Boshqarma tizimidagi arxivlarda faoliyat yuritayotgan arxivchilar sulolasi Toshkent shahar markaziy davlat arxivi fondlar katta saqlovchisi “Soha iftihori” M. Uchkampirova, Toshkent shahar shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi direktori R. Abdukulov, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi fondlar saqlovchisi A. Andabayevalarning samarali faoliyati haqida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 


Shuningdek, mazkur tadbirda “9-iyun-Xalqaro arxivlar kuni” va “Arxiv ishi to‘g‘risida” Qonunning qabul qilinganligining 13-yilligi munosabati bilan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Fahriy yorliq hamda Tashakkurnoma bilan taqdirlangan Toshkent shahar markaziy davlat arxivi xodimlari qutlandi.