Amir Temur-Ikkinchi renessans homiysi
Amir Temur – o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli markazlashgan davlat asoschisi. Ilm-fan va madaniyat homiysi. Bugun, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi majlislar zalida, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud ayyomi munosabati bilan “Amir Temur-Ikkinchi renessans homiysi” mavzusida yetakchi arxivchi Jo‘rayev G‘anijon Amir Temurning shaxsi va o‘zbek davlatchiligimizda tutgan o‘rni haqida boy va qiziqarli maʼlumotlar berdi. Shuningdek, Amir Temurning sarkardalik va davlat boshqaruvi sanʼatini o‘rganish maqsadida “Temur Tuzuklari bilimdoni‘ viktorinasi tashkil etildi. Unda xodimlar o‘rtasida guruhlarga bo‘lingan holda, Amir Temur hayoti va uning “Temur tuzuklari” asarlaridan savollar tuzilib, savol-javob tariqasida bo‘lib o‘tdi. Bundan ko‘zlangan maqsad, ajdodlarimiz tarixi va boy maʼnaviy merosimizni o‘rganish,tarixiy bilimlarimizni boyitib borishdir.