"21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun".
Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar markaziy davlat arxivi majlislar zalida "21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan "Ona tilim - g‘ururim, faxrim" mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur bayram tadbirini O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek tilshunosligida kafedrasi dotsenti A.A.Ubaydullayev ochib berdi. Shuningdek, tadbirda Uchtepa tumanidagi 109-sonli hamda 106-sonli umumta’lim maktablari o'quvchilari, “Kino va san’at” maktabining yosh aktyorlari hamda ''Alpomish” nomidagi 550-son maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchilari o'zlarining bayramga bag‘ishlangan dasturlarii bilan tadbirga ko'tarinki ruh bag‘ishladilar.