18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligini keng nishonlandi
2023-yil 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligini keng nishonlash maqsadida, Toshkent shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi tomonidan joriy yil 17-noyabr kuni “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida milliy birlik, hamjihatlik, yuksak vatanparvarlik bayrami sifatida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda G‘.Jo‘rayev tomonidan arxiv xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun, mazkur hujjatning jamiyat hayotidagi tutgan o‘rni hamda unga rioya etishning ahamiyati, ushbu Qonun talabi buzilganligi uchun javobgarlik masalalari haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, Davlat bayrog‘i o‘zida O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgani, milliy bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etishi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Davra suhbati sermazmun va mavzuga oid qiziqarli savol javoblar tarzda bo‘lib o‘tdi.