18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
"O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Bayrog‘imiz 1992-yil 2-martidan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi.
Aziz yurtdoshlar! O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi jamoasi Sizlarni muborakbod etadi!