14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun!

 

 Toshkent shahar markaziy davlat arxivida shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan arxiv xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. 
 
 
Tadbirda buyuk adibning hayoti va ijodidan maʼlumotlar aytilib, sahna ko‘rinishi orqali yoritib berildi hamda yosh arxivchilar tomonidan g‘azal va ruboiylar o‘qildi.