Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning  9-avgust kuni  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 5-iyuldagi “2023-yil 10-iyul- 10-avgust kunlari Respublika hududida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida”gi      418-F-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Yashnobod tumani Favqulotda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.M.Najmiev hamda katta inspektori I.N.Shadmanxodjaevlar ishtirokida “Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari va vazifalari” mavzusida  Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning  tizimidagi davlat arxiv xodimlari uchun amaliy seminar o‘tkazildi.

 

Seminarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, favqilodda holatlarda harakatlanish yizasidan tushuntirishlar berildi va xodimlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.