Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 16 dekbrdagi 02-02/1072-sonli xatiga muvofiq Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlari xodimlari ishtirokida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi majlislar zalida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.

 

Tadbirda "Uch avlod nigohida-arxiv" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida arxiv ishi va arxiv faoliyatidagi ijobiy tendensiyalar va hozirda yechimini kutayotgan muammolar to‘g‘risida qizg‘in suhbatlashildi. Bunda yosh xodimlarning takliflari, yoshi katta xodimlarning tajribalari bilan fikr almashildi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli o‘tdi.