Toshkent shahri Chilonzor tumani “Bog’zor” mahallasi 53-uy, 19 xonadonda istiqomat qilayotgan  Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Kolominseva Antonina Vasilyevna xonadoniga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida Kolominseva Antonina Vasilyevna o‘zining mashaqqatli hamda barchamiz uchun ibrat bo‘la oladigan umr yo‘li haqida so‘zlab berdi. Shu bilan birgalikda, Ulug‘ vatan urushi yillarida Leningrad, Stalingrad, Riga va Tallin shaharlarida bo‘lib o‘tgan janglarda mardonavor xizmat qilganliklari hamda insoniyatni fashizm balosidan xalos etishga qo‘shgan hissasini faxr bilan esga oldi.