Kuni kecha Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida 2021 yil 1-chorakda arxiv ishini rivojlanish holati, shuningdek “O‘zarxiv” agentligi tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi to‘g‘risida direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda bir qancha masalalar ko'rib chiqildi:

Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlarida ijro intizomi holati to‘g‘risida

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan murojaatlar ijrosi va davlat axivlari ijro intizomining holati to‘g‘risida

Boshqarma tizimidagi arxivlarda davlat tilida ish yuritish holati to‘g‘risida

Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari ko'rib chiqildi.