“O‘ZARXIV” agentligi rahbariyati tomonidan 2021 yil II yarim yilligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarining sayyor qabuli rejasiga asosan “O‘ZARXIV” agentligi direktori o‘rinbosari X.N. ISAEV 2021 yil 15 dekabr kuni Toshkent shahar markaziy davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarining sayyor qabuli o’tkazildi.

Sayyor qabulda jismoniy shaxslar tomonidan pensiyaga chiqish arafasida arxiv maʼlumotnomalarini olish, alohida faktlarni (mulkni oldi-sotdi shartnomasi, mulkga egalik huquqi va boshqalar) tasdiqlash yuzasidan murojaatlar qilinib, ularga o‘rnatilgan tartibda tushuntirish ishlari olib borildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Sayyor qabuldan so‘ng X. Isayev tomonidan Toshkent shahar markaziy davlat arxivida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlarining borishi, arxiv hujjatlarining saqlanish holati, arxivdagi shart-sharoitlar bilan tanishildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.