Joriy yilning 28 iyul kuni Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasida “ Nafaqaga doir hujjatlar ” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda tahlili hozirgi kunda pensiyaga doir qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning tahlili hamda arxiv faoliyati bilan bog‘liq bandlari arxiv xodimlariga tanishtirildi. Arxiv xodimi yetakchi arxivchisi Ermatova Mushtariy tomonidan tayyorlangan taqdimotda dunyoning yetakchi davlatlarida mavjud pensiya tizimi va pensiyaga doir qiziqarli maʼlumotlar berildi.