Joriy yilning 17 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar markaziy davlat arxivida "Muqaddasdir Vatan bayrog'i" shiori ostida ma'naviy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

 

 

 Mazkur tadbirda yetakchi arxivchi Jo‘rayev G'anijon va Toshkent shahar Uchtepa tumani 169-maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Davlatimiz ramzi hisoblangan bayrog‘imizni madh etgan she'rlar, qiziqarli ma‘lumotlar o‘qib eshittirildi.