Joriy yil 29 noyabr kuni Toshkent shahar markaziy davlat arxivi binosi majlislar zalida Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlarida (online va offline tarzida) "Korrupsion illatlarni oldini olish masalalari" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurash kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Niyozova Salomat Saparovna ishtirok etmdi va xodimlarni qiziqtirgan savolarga javob berdi.