Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi davlat arxivlari xodimlariga Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasining Kiberxavfsizlik bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan davra suhbati otkazildi. Tadbirda xodimlarga bugungi kunda firibgarlik holatlari uchrayotganligi, fuqarolarning plastik kartalaridan pullarni yechib olinish holatlari va firibgarlar tomonidan shaxslarning nomiga kredit rasmiylashtirilyotganligi hamda telegram kanallar orqali kelayotgan feyk xabarlarga ishonib qolmaslik yuzasidan tushunchalar berildi.