Joriy yilning 6 oktabr kuni Toshkent shahar markaziy davlat arxivida  yurtimiz bo'ylab  o'tkazilayotgan " Keksalarni e‘zozlash, ularga xurmat-ehtirom ko‘rsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat" shiori ostida o'tkazilayotgan "Keksalar haftaligi" munosabati bilan Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimida necha yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan, soha rivoji uchun o‘zlarining munosib xissalarining qo'shayotgan soha fahriylari bilan yoshlar o'rtasida qiziqarli davra suhbati bo‘lib o'tdi. Faxriylar o'zlarining mehnat yo'llarida erishgan yutuqlari, undagi qiyinchiliklar va qiziqarli voqealar haqida o‘rtoqlashdilar. Davra suhbatida yosh xodimlarning ham fikrlari tinglandi. Bo‘lib o‘tgan qiziqarli davra suhbati so‘ngida soha faxriylarga minnatdorchilik bildirildi

 

 

 

         2022-yil 3-9 – oktabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos fazilat” shiori ostida o‘tkazilayotgan  “Keksalar haftaligi”ni soha doirasida ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida,  Toshkent shahar arxiv ishi hududiy  boshqarmasi va uning tizimida bir necha yillar samarali mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan soha vakillarining holidan xabar olindi va ularga  esdalik sovg‘alari ulashidi.